logo

Mikroflora faoliyatini tiklash

DISBAKTERİOZ NIMANI ANGLATADI?

Trillionlab mikroorganizmlarni ichakda, asosan, yo'g'on ichakda aniqlash mumkin. Butun organizmning mikrobiotasi ichak bilan hamkorlikda mavjud bo'lib, inson salomatligiga ijobiy ta'sir qiladi.

Mikrofloraning tarkibi va xilma-xilligidagi nomutanosiblik disbakterioz deb ataladi.

Disbiyoz noto'g'ri ovqatlanish, patogenlar (bakteriyalar, viruslar yoki parazitlar kabi), stress, atrof-muhit omillarining ta'siri, keksa yoshda yoki antibiotiklar kabi dori-darmonlar ta'sir qilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin.

Disbakterioz ko'p holatda quyidagi sabablarga ko'ra diareyaga olib kelishi mumkin:

  • fermentatsiya va ozuqa moddalar almashinuvining pasayishi, bu ichakdagi suv miqdorini oshiradi;
  • yallig'lanish kuchayishi hujayralar orasidagi zich birikmalarga zarar etkazadi, bu suv va elektrolitlar oqib ketishiga olib keladi;
  • shilliq qavatining himoya qatlami shikastlanishi, bu patogen bakteriyalarni ichak hujayralariga mahkamlanishi va ichiga kirishga imkon beradi;
  • Clostridium difficile kabi kasallik qo'zg'atuvchi bakteriyalar tomonidan toksinlar ajratilishi ko'p miqdorda suv ishlab chiqarilishi va hujayralarning shikastlanishini keltirib chiqaradi, bu diareyaga olib keladi.

Yopiq doira – ya'ni disbiyoz bilan bog'liq diareya normal mikrofloraning asta-sekin yo'qolishiga olib kelishi mumkin, bunda uning xilma-xilligini yanada kamayadi.

Bir shtammli drojjasimon probiotik Saccharomyces boulardii CNCM I-745 kabi probiotiklarni qabul qilish, mikrobiota muvozanatini tiklashi va diareya alomatlarini kamaytirishi mumkin.

Saccharomyces boulardii CNCM I-745 ichak mikrobiotasi muvozanatini tiklaydi va disbakterioz bilan bog'liq diareya rivojlanishining oldini oladi.

SACCHAROMYCES BOULARDII CNCM I-745 ichak mikrobiotasi muvozanatini tiklaydi va mikrobiota nomutanosibligi bilan bog'liq diareya rivojlanishining oldini oladi

ENTEROL® TA'SIR ETISH PRINSIPI

Enterol preparatining asosiy faol moddasi sifatida ichak mikroflorasini tiklash uchun nima uchun aynan Saxaromisetalar tanlangan? Hammasi oddiy: saxaromitsetlar patogen bakteriyalar hajmidan 10 baravar katta va magnit kabi ko'plab zararli mikroorganizmlarni o'z qo'biqlariga to'playdilar, shundan so'ng ularni chiqindilari va toksinlari bilan birga tabiiy ravishda (najas bilan) tanadan tez va samarali olib chigadilar. Saxaromitsetlar ichak shilliq qavatini oziqlantiruvchi va patogen bakteriyalarning zararli ta'sirini oldini oluvchi fermentlarni ishlab chiqarish orqali o'rganizmning o'zini foydali bakteriyalari o'sishini smulyatsiya qiladilar. Saxaromitsetlar, shuningdek, sekretor immunoglobulin A ishlab chiqarishni smulyatsiya qilish orqali ichakning himoya funktsiyalarini faollashtiradi.

Faqat saxaromisetalar me'da shirasi, safro, yuqori harorat yoki antibiotiklar ta'sirida y o'q bo'lmaydi, shuning uchun ular antibiotiklar bilan bir vaqtda qabul qilsangiz ham, ichaklarga to'liq miqdorda va "to'liq tarkibda" kiradi.

Qayerda xarid qilish mumkin?