logo

Vosita haqida

Probiotik qachon kerak?

  • har qanday sabab tufayli rivojlangan diareyada
  • antibiotiklarni qabul qilish paytida
  • disbakteriozni bartaraf etish uchun
  • ichakda yallig'lanish jarayonlarini oldini olish va davolash uchun

Enterol® dan foydalaning – u dunyoda tan olingan va O'zbekiston uchun yagona (CNCM I-745 kabi terapevtik shtamm yo'q). Klinik jihatdan tasdiqlangan probiotik

S.boulardii CNCM I-745 patogen bo'lmagan, bir shtamli drojjasimon probiotik bo'lib, boshqa bakterial va drojjasimon probiyotiklardan farqlanadi.

S. boulardii CNCM I-745 faqat ushbu shtammga xos bir qator xususiyatlarga ega:

  • Ular kislotaga juda chidamli, ya'ni ular oshqozon orqali oshqozon-ichak traktining pastki qismlariga parchalanmasdan o'tishi mumkin.
  • Saccharomyces oilasining boshqa drojjalaridan farqli o'laroq, ularning rivojlanishi uchun ideal harorat inson tanasining harorati 37C bilan bir xil.
  • Ular antibiotiklarga nisbatan tabiiy chidamlilikka ega, ya'ni ularni antibiotiklar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin.
  • Ular ichaklarda doimiy qolmaydi, shuning uchun ular normal mikrobiota muvozanatini buzmaydi.

S. boulardii CNCM I-745 o'ziga xos, ko'p qirrali va tasdiqlangan ta'sir mexanizmi orqali diareya sabablarini yo'q qiladi. Ular to'g'ridan-to'g'ri kasallik qo'zg'atuvchi mikroblar va ularning faoliyatiga ta'sir qiladi, ularga qarshi ichakning immunitetini oshiradi, yallig'lanish reaktsiyalari intensivligini kamaytiradi va normal mikrobiota muvozanatini tiklaydi, shuningdek, sog'lom ichak muhitini ta'minlagan holda, normal ovqat hazm qilish jarayonlariga ta'sir qilish orqali ichakning to'g'ri ishlashini ta'minlaydi.1,4

Shunday qilib, S. boulardii CNCM I-745 - ichak disbiozini yo'q qilish orqali diareyani davolashga kompleks yondashuv uchun yechim hisoblanadi.

Saccharomyces boulardii CNCM I-745 diareyani oldini oladi va yo'q qiladi, shuningdek, ichak mikrobiotasini buzilganidan keyin uning muvozanatini tiklashi mumkin.

Ushbu noyob tarkib samaradorligi tufayli ko'plab mamlakatlarda dori sifatida ro'yxatga olingan, O'zbekistonda Enterol ® brendi ostida mavjud.

Keng miqyosli tadqiqotlarning ilmiy va klinik ma'lumotlari bilan tasdiqlangan ta'sirlar:

  • Enterol® antibiotiklar bilan qabul qilinganda antibiotik bilan bog'liq diareya rivojlanishining oldini oladi;
  • Enterol® Clostridium difficile kasalligining qaytalanishini oldini oladi;
  • Enterol® o'tkir (yuqumli) diareyani bartaraf etadi;
  • Enterol® Helicobacter pylori davolashda ishlatiladigan dorilarning nojo'ya ta'sirini kamaytiradi;
  • Enterol® normal ichak mikrobiotasining muvozanati va xilma-xilligini tiklashga yordam beradi.

Ma'lumot sifatida:

  • More MI, and Swidsinski, A. Saccharomyces boulardii CNCM I-745 supports regeneration of the intestinal microbiota after diarrheic dysbiosis–a review. Clinical and experimental gastroenterology. 2015; 8: 237.
  • Data on file_Biocodex_2019
  • Joly, F et al. 2017. Saccharomyces boulardii CNCM I-745. Marteau, P and Dore J (Ed.), Gut Microbiota: A full-fledged organ. 2017: 305-326. Paris: John Libbey Eurotext.
  • McFarland, LV. Systematic review and meta-analysis of Saccharomyces boulardii in adult patients. World journal of gastroenterology: WJG. 2010; 16(18): 2202.
  • Neut C, Mahieux S, and Dubreuil LJ. Antibiotic susceptibility of probiotic strains: is it reasonable to combine probiotics with antibiotics? Medecine et maladies infectieuses. 2017; 47(7): 477-483.
  • Czerucka D, and Rampal, P. Diversity of Saccharomyces boulardii CNCM I-745 mechanisms of action against intestinal infections. World journal of gastroenterology. 2019; 25(18): 2188.

Qayerda xarid qilish mumkin?